Özbekiston sanitariya-epidemiologiya qömitasi ijtimoiy tarmoqlarda berilgan Hindistonning Kerala ştatida tarqalgan Nipax virusdan ikki kişi vafot etgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Hindistonning Kerala ştatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi ma’lumotini taqdim etdi. Joriy yilning 22 sentabr holatiga köra, Nipah infeksiyasi böyiça oltita holat tasdiqlangan bölib, ikkita ölim holati yuz berdi.

Nipah virusi – boş miya yalliğlanişi yoki nafas yöllari kasalliklari bilan keçadigan jiddiy kasallikni keltirib çiqaradigan virus turi hisoblanadi.

Savdo-sotiq işlari böyiça boruvçi tadbirkorlar yoki sayohat uçun Hindistonga borişga çoğlangan özbekistonliklarga mazkur virusdan saqlaniş uçun quyidagi tavsiyalarga amal qiliş muhimligi eslatib ötilgan:

şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etiş;
mevalarni iste’mol qilişdan oldin yaxşilab yuviş;
yangi siqilgan xurmo şarbatini qaynatib içiş;
körşapalaklar tirnaşi yoki tişlaşi natijasida teşilgan mevalarni iste’mol qilmaslik.

“Har qanday kasallikning oldini olişda belgilangan qoida va tavsiyalarga amal qiliş muhim hisoblanişini unutmang”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.