Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qatar davlati amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan davlat taşrifi bilan Doha şahriga yetib bordi.

Şayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Davlat rahbarini Qatar boş vaziri – taşqi işlar vaziri şayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Davlat taşrifi dasturiga muvofiq, ertaga oliy darajadagi uçraşuvlar bölib ötadi, yetakçilar Özbekiston-Qatar munosabatlarini yanada mustahkamlaş hamda köp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantiriş masalalarini muhokama qiladilar.

Prezident Qatar işbilarmon doiralari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazişi ham közda tutilgan.