Polşada 1 oktyabr, yakşanba kuni, parlament saylovlariga ikki hafta qolganda, yuz minglab odamlar Varşavada hukmron öng qanot «Qonun va adolat» (PiS) partiyasiga qarşi namoyişga çiqdi.
Marş taşabbuskori eng yirik muxolifat partiyasi – «Fuqarolik platformasi» (FP) rahbari, YeI kengaşi sobiq raisi va Polşa muxolifatining amaldagi yetakçisi Donald Tusk böldi. «Bu yuz minglab tabassumli çehralarga qaraganimda, vatanimiz tarixida buriliş davri yaqinlaşayotganini his qilaman», dedi u. Namoyişçilar «Bizga yetarli, özgarişlarni xohlaymiz» va «Birgalikda kuçimiz bor» degan plakatlarni kötarib olgan.
Xuddi şunday aksiya iyun oyi boşida Varşavada bölib ötdi. Öşanda, taşkilotçilarga köra, şahar ma’muriyati iştirokçilar sonini yarim million kişi deb hisoblagan va bu namoyiş 1989 yilda kommunizm qulaganidan beri eng yirik aksiyaga aylangan.
Muxolifat reytingda hukmron partiyaga yaqinlaşib qolgan
«Million yuraklar marşi» deb nom olgan namoyiş bilan muxolifat 15 oktyabrda böladigan parlament saylovlari oldidan öz tarafdorlarini safarbar qilmoqçi. «Katta özgarişlar yuz bermoqda. Butun Polşa endi ulardan heç kim qörqmasligini körişi muhim», - dedi Tusk «Qonun va adolat» (PiS) partiyasiga işora qilib. Aksiyada Polşa sobiq prezidenti, tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati Lex Valensa ham iştirok etdi.
Hukmron partiya demokratik institutlar va ayniqsa, sud tizimiga putur yetkaziş, ayollar huquqlarini poymol qilişda ayblanmoqda.
Sörov natijalariga köra, PiS saylovlarda 35 foiz ovoz bilan yetakçilik qiladi, Tuskning muxolifat alyansi esa 27 foiz ovoz olişi mumkin, deb yozadi AFP. Ammo Tuskning aytişiça, öz partiyasi tomonidan ötkazilgan içki sörovlar PiS yetakçiligi atigi ikki foizga qisqarganini körsatdi.












