Armaniston parlamenti 3 oktyabr, seşanba kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rim statutini ratifikatsiya qiliş uçun ovoz berdi. 60 deputat uni yoqlab, 20 nafari qarşi ovoz berdi. Şu tariqa, Armaniston öz hududida XJS yurisdiksiyasini tan oldi. Bu sud avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order bergan edi.
Armanistonning xalqaro huquqiy masalalar böyiça vakili Yegişe Kirakosyan parlamentdagi muhokamada ratifikatsiya zarurligini bu Ozarboyjon harbiylarini Armaniston hududida harbiy jinoyat sodir etgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortiş imkonini berişi bilan izohladi.
Paşinyan: XJSning tan olinişi Putinni hibsga oliş orderi bilan boğliq emas
Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan 12 sentabr kuni XJSning tan olinişi «Armaniston-Rossiya munosabatlariga heç qanday aloqasi yöq», deb aniqlik kiritdi. Uning eslatişiça, Yerevan Rim statutini ratifikatsiya qilişni 2022 yilning dekabrida, XJS Putinni hibsga olişga order berişidan avval boşlagan. Şunga qaramay, Rossiya Taşqi işlar vazirligi Yerevanning Rim statutiga qöşiliş rejalarini «mutlaqo qabul qilib bölmaydi» deb atadi.
2023 yilning mart oyida XJS Putin va bolalar ombudsmanı Mariya Lvova-Belovani hibsga olişga order berdi. Sud ma’lumotlariga köra, Putin va Lvova-Belova «aholini (bolalarni) Ukraina hududidan Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qiliş bilan boğliq harakat uçun javobgarlikni öz zimmasiga olişi kerak». Bu order Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar Putin taşrif buyurgan taqdirda uni hibsga olişi kerakligini anglatadi.












