Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya 6 davlat bilan migratsiya muammosi bo‘yicha muzokara olib boryapti. Ular orasida O‘zbekiston ham bor
Berlin Gurjiston, Moldova, Keniya, Kolumbiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha kelishuv tuzish niyatida.
Germaniya federal hukumati bir qator davlatlar bilan Germaniyadan noqonuniy migrantlarni vataniga tezda qaytarishni ta’minlaydigan «migratsiya hamkorligi» bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ayni paytda gap olti davlat haqida bormoqda, dedi 3 oktyabr, seshanba kuni mamlakat IIV vakili. Bular - Gurjiston, Moldova, Keniya, Kolumbiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston.
Markaziy Osiyoning ikki davlati bilan muzokaralar allaqachon ancha oldinga siljigan. May oyi boshida O‘zbekiston bilan, sentabr oxirida esa Qirg‘iziston bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, gap noqonuniy muhojirlar sonini kamaytirish va ayni paytda Germaniyaga qonuniy immigratsiya uchun imkoniyatlar yaratish haqida ketmoqda.
Germaniya hukumatining migratsiya kelishuvlari bo‘yicha maxsus komissari Yoaxim Shtamp sentabr oyida Keniyada muzokaralar olib bordi.
Kolumbiya, Ichki ishlar vazirligi vakilining ta’kidlashicha, bu ro‘yxatga, xususan, mamlakat fuqarolarining boshpana so‘rab yo‘llagan murojaati soni 2018 yildagi 140 tadan 2023 yilning birinchi yarmida 1500 tagacha ko‘paygani tufayli kiritilgan. Uning aniqlik kiritishicha, «Gurjiston va Moldova alohida ustuvorlikka ega, chunki Germaniyada boshpana so‘rash bo‘yicha rad etilgan arizalarning o‘n foizdan ko‘prog‘i faqat shu ikki davlat fuqarolaridan kelib tushgan». Shu tariqa, 2023 yilning yanvaridan avgustigacha Gurjiston fuqarolaridan 7405 ta, Moldovadan 2124 ta murojaat kelib tushdi.Tbilisi va Kishinyov hukumatlari muzokaralarga tayyorligini bildirgan.
Ayni paytda, federal hukumat Hindiston bilan tayyor migratsiya kelishuviga ega.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026