Özbekistonda IMEI-kodni röyxatdan ötkaziş soddalaştirilişi mumkin. Xususan, xorijdan kelganlar uçun IMEI-kodni röyxatdan ötkaziş muddatini uzaytiriş rejalaştirilmoqda. Tegişli qaror loyihasini Raqamli texnologiyalar vazirligi hukumatga kiritgan. 

«Tegişli vazirliklar bilan kelişgan qaror loyihasi hozir hukumatda turibdi. Özgarişlarning hammasini sanab ötmayman, bitta-ikkitasini sanab ötaman. Masalan, çet eldan kelgan fuqarolar SIM-kartasi 30 kunda öçib qolardi, öşa muddat uzaytirilyapti», dedi vazirlikning Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Murodjon Yöldoşev. 

Uning sözlariga köra, FaceID texnologiyasi orqali IMEI-kodni röyxatdan ötkaziş imkoniyatini yaratiş ham rejalaştirilmoqda. 

Özbekistonda 2019 yil aprelidan buyon mobil qurilmalarni IMEI-kod orqali majburiy röyxatdan ötkaziş tizimi işlamoqda. 2019 yil 1 dekabrdan buyon tizim pullik hisoblanadi. 

Qoidaga köra, Özbekiston hududiga kirgan şaxslar öz mobil qurilmalarini IMEI-kod orqali röyxatdan ötkazişi şart. Buning uçun 30 kun muxlat beriladi. Muddat tugagaç, qurilma egasi undan foydalana olmaydi.