Xiaomi global inflatsiya, Xitoyning COVID-19 epidemiyasi bilan kuraşi, şuningdek, smartfonlarga bölgan talabning pasayişi fonida bu qadamni qöyişga majbur. Kompaniyada daromad va foydaning pasayişi ketma-ket uçinçi çorakda qayd etilmoqda. 

Işdan böşatişlar bir neçta bölimlarga, jumladan, smartfonlar biznesiga ta’sir qiladi. Kompaniya xodimlari 2022 yil 30 sentabr holatiga köra 35 mingdan ortiq kişini taşkil etdi. 

Qayd etilişiça, global smartfon bozori 2014 yildan beri eng yomon uçinçi çorakni boşdan keçirdi. Canalys bozor tadqiqoti kompaniyasi ma’lumotlariga köra, sentabrda yakunlangan uç oy içida global smartfon yetkazib beriş töqqiz foizga kamaydi va bu pasayiş 2022 yil davomida kuzatildi. Tahlilçilarning fikriça, talabning pasayiş tendensiyasi yana 9 oy davom etadi.