2024 yil boşida Xitoyning China Mobile aloqa operatori 5G-Advanced (şuningdek 5.5G yoki 5GA nomi bilan ham tanilgan) yangi uyali aloqa standartini işga tuşirganini e’lon qildi. Ma’lum bölişiça, bozorda yangi texnologiyani qöllab-quvvatlaydigan birinçi qurilma allaqaçon mavjud. 

Xitoyning OPPO Find X7 smartfoni 5.5G standartini qöllab-quvvatlaydigan birinçi qurilma hisoblanadi. Bu haqda kompaniya vakili ma’lum qildi. 

Qayd qilinişiça, 5.5G standartini qöllab-quvvatlovçi smartfon modellari soni yil oxirigaça 20 tadan oşişi kutilmoqda, China Mobile esa 5.5G tarmoği bilan 300 dan ortiq şaharlarni qamrab olişni rejalaştirmoqda. Bular birinçi navbatda Pekin, Şanxay va Guançjou megapolislari böladi. 

5.5G oddiy 5G dan 300 foiz tezroq ekanligi ma’lum. U 10 Gbit/s yuklab oliş tezligini va 1 Gbit/s yuklaş tezligini ta’minlaydi. Şu bilan birga, 5.5G qöşimça tayanç stansiyalar körinişidagi sun’iy yöldoşlardan foydalanişni öz içiga oladi. Uning Xitoydan taşqarida çiqarilişi haqida hozirça heç narsa ma’lum emas. 

Sun’iy yöldoş aloqalari esa 2024 yil oxirigaça Android smartfonlarida paydo bölişi kutilmoqda. Iphone smartfonlaridan farqli ölaroq, u faqat SOS matnli xabarlar bilan çeklanib qolmaydi, ya’ni sun’iy yöldoşga ulaniş orqali mobil yoki Wi-Fi tarmoğisiz xabar jönatiş/qabul qiliş va qönğiroq qiliş imkoniyati böladi.