Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-7 oktyabr kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Moskva şahrida ikki davlat yetakçilarining muzokaralari bölib ötadi. Özbekiston rahbari Rossiya hukumati raisi Mixail Mişustin bilan ham uçraşadi.
«Bölajak uçraşuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari örin olgan. Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, migratsiya va gumanitar sohalarda kengaytirişga alohida e’tibor qaratiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Şuningdek, Özbekiston prezidenti Tataristonga taşrif buyurib, respublika Raisi Rustam Minnixanov bilan muzokara ötkazişi közda tutilgan.












