Yevropa Ittifoqi Armaniston parlamenti tomonidan Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rim statutining ratifikatsiya qilinişini olqişladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrelning 4 oktyabr, çorşanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi.
«Yevropa Ittifoqi hali buni qilmagan barça davlatlarni Rim statutiga qöşilişga çaqiradi, - dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari. - Rim statutiga har bir qöşiliş xalqaro hamjamiyatni umuminsoniy iştirokka yaqinlaştiradi, jazosiz qolmaslik böyiça umumiy qat’iylikni kuçaytiradi va mas’uliyat madaniyatini oşiradi».
Borrelning ta’kidlaşiça, XJS «xalqaro ahamiyatga molik eng oğir jinoyatlarni» tergov va ta’qib qiliş uçun yaratilgan birinçi doimiy xalqaro suddir.
Kreml Yerevanning Rim statutiga qöşilişidan norozi
Keça Armaniston milliy assambleyasi Haagadagi Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qiliş uçun ovoz berdi, u 2023 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «egallab olingan hududlardan aholi (bolalar)ni noqonuniy deportatsiya qiliş» harakatida gumonlanuvçi sifatida hibsga olişga order bergan edi. Armaniston parlamenti tomonidan qabul qilingan uşbu qaror mamlakat prezidenti Vaagn Xaçaturyan tomonidan imzolanganidan keyin kuçga kirişi kerak.
Armanistonning xalqaro huquqiy masalalar böyiça vakili Yegişe Kirakosyan parlamentdagi muhokamada ratifikatsiya zaruratini bu Ozarboyjon harbiylarini Armaniston hududida harbiy jinoyat sodir etgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortiş imkonini berişi bilan izohladi.
Kreml bunday qaror qabul qiliş orqali Armaniston XJSning öz hududidagi yurisdiksiyasini tan olişini tanqid qildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda Armaniston rahbariyatiga «qöşimça savollar» borligini aytdi.












