Noqonuniy sigaretalar kontrabandasi hamon mamlakatimiz iqtisodiyotidagi dolzarb muammolardan biri bölib qolmoqda. Birgina 2022 yilda Özbekistonda noqonuniy bozor uluşi 24,3 foizni taşkil etdi. Öz navbatida, kontrabanda sigaretalar importi 2023 yilda ham davlat budjetiga jiddiy zarar yetkazadi: uning miqdori 1 trillion sömga (80 million AQŞ dollari) yetişi mumkin, çunki noqonuniy savdo darajasi ösişda davom etmoqda. Keling, Özbekistonga noqonuniy sigaretalar qanday olib kirilayotgani va uning oldini oliş uçun qanday çoralar köriş kerakligini körib çiqaylik.

BAAdan Özbekistonga

 «Tamakisoz» tamaki işlab çiqaruvçilar uyuşmasining ma’lum qilişiça, kontrabanda sigaretalar mamlakatimizga BAA (73,7 foiz) va Janubiy Koreyadan (8,2 foiz) keltiriladi. Uşbu mahsulotlarni işlab çiqaruvçilar «Gulbahar Tobacco» va «KT&G» bölib, asosiy noqonuniy brendlardan biri «Milano KS SS» hisoblanadi.

Bunday sigaretalar respublikamizga qanday kirib keladi? Noqonuniy sigaretalarning aksariyati Özbekistondan tranzit orqali ötayotgani va ularning ehtimoliy manzillari Afğoniston, Qirğiziston va Tojikiston ekani aytiladi. Aslida yuk çegaramizdan ötib, Özbekistonda qoladi.

Aktual takliflar

Kontrabandaçilarning noqonuniy faoliyati davlat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi, biroq ayni paytda qonuniy işlab çiqaruvçilar ham, importçilar ham zarar körmoqda.

Şu sababli, «Tamakisoz» uyuşmasi vakillari muammoning eng samarali yeçimi sifatida taşuvçi tomonidan aksiz soliği töliq summasini Özbekiston Davlat bojxona boşqarmasining depozit hisobvarağiga ötkazişi, Özbekistondan çiqib ketgaç esa uni qaytarilişini taklif qilmoqda. Yana bir samarali çora – aksiz markasi bölmagan tamaki mahsulotlarining Özbekiston orqali tranzitiga çek qöyilişidir.

Takliflar orasida sigaretaning ayrim markalarini rasmiy ravişda olib kirişni taqiqlaş ham bor. Bu nima bilan boğliq? Hozir «Gulbahar Tobacco» korxonasi vositaçi korxona orqali mamlakatimizga 1000 qutiga yaqin «rasmiy» import olib kiradi. Ammo hisob-kitoblariga köra, har oyda kamida 16 ming quti kontrabanda sigareta sotiladi. Şu bois, uşbu taşabbus faqat bitta maqsadni közlaydi – birinçi navbatda peştaxtalarda Özbekiston aksiz markasiga ega tovarlarni joylaştiriş, toki çakana savdo şoxobçalari uşbu markadagi sigaretlarni iste’molçilar va nazorat qiluvçi organlar uçun peştaxtalarda qörqmasdan saqlaşi mumkin. Bunday «qonuniy» importdan söng kontrabanda hajmining keskin ösişi kutilmoqda.