Kasbga öqitiş sifatini oşiriş maqsadida tegişli vazirliklar tomonidan yangi takliflar işlab çiqilgan. Taqdimotda mutasaddilar şu borada atrofliça axborot berdi. 

Mazkur takliflarda xorijiy ta’lim dasturlarini joriy etiş, bitiruvçilar malakasining içki va taşqi bozorda tan olinişini ta’minlaş, öquvçilarni kollej va texnikumlarga kengroq jalb etiş, kasb-hunarga örgatuvçi monomarkazlarda kasbga öqitiş sifatini yaxşilaş çora-tadbirlari nazarda tutilgan. 

Davlat rahbari uşbu takliflarni takomillaştiriş böyiça qöşimça topşiriqlar berdi. Aholi bandligi eng muhim masala ekani, yoşlarga kasb-hunarlarni tumanlar ixtisoslaşuvidan hamda korxonalar ehtiyojidan kelib çiqib, aniq yönalişlar böyiça örgatiş kerakligi ta’kidlandi. 

Kasblar va professional ta’lim klassifikatorlarini bosqiçma-bosqiç yangilab, xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş, professional ta’lim muassasalarini maktab va oliy öquv yurtlari bilan uzviy boğlaş muhimligi aytildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barça kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlaştirişi belgilandi. 

Kelgusi öquv yilidan har bir viloyatda dunyo tan olgan dastur asosida kasb-hunarga öqitiş yölga qöyiladi. Ularning bitiruvçilari xalqaro malaka va xorijiy til sertifikatiga ega böladi. Şuningdek, ilğor kasbiy ta’lim va kasbga öqitiş sifatini ta’minlaş mezonlari tatbiq etiladi. Monomarkazlarda kasblar iş beruvçilarning buyurtmasi asosida öqitiladi, bu bitiruvçilarning işga joylaşişida muhim omil böladi. 

Şuningdek, yiğilişda mutasaddilarga professional ta’lim tizimini rivojlantirişning yilma-yil dasturini işlab çiqiş vazifasi berildi.