Kun.uz muxbiri Özbekistonda paxtaçilik va unda bozor mexanizmlarini joriy qiliş zarurati masalasida tahlilçi va amaliyotçilar iştirokida suhbat taşkil qildi.
Suhbatda iştirok etganlar soğlom bozor mexanizmlari uçun klasterlarga raqobatçi tizim kerakligi va bu tizim faqat kooperativlar böla olişi haqida gapirişdi.
Kamoliddin Ikromov, fermer
— Özbekistonda klasterlar uçun raqobatli tizim yöq, raqobat bölişi uçun boşqa alternativ tizim bölişi kerak, bu — kooperativlar. Kim klaster bilan işlagisi kelmasa, kooperativlarga birlaşadi. Özi bunday kooperativlar tuziş bizda ham boşlangan. Klasterlar özini önglab ketişi uçun ham raqobatçi kerak. Kooperativlar butun dunyoda işlaydi va özini oqlab kelmoqda. 1993 yilda qabul qilingan, 1998 yilda qayta işlangan qonunimizga köra, kooperativlar tuziş mumkin. Yaqinda yana yangi qonun loyihasi işlab çiqildi.

Lekin kooperativlarning rivojlanib, ommalaşib ketişi, raqobat muhiti ayrim mahalliy mutasaddilarga yoqmaydi. Va jiddiy qarşilik körsatişyapti. Çunki ba’zi mahalliy hokimliklar klasterlarni jilovlab olgan, xohlagança işiga aralaşadi. Mahalliy hokimliklar klasterlar işiga aralaşişi mumkin emas, deb klasterlar töğrisidagi qarorda ham belgilab qöyilgan. Ammo bu davom etmoqda.
Bunday mutasaddilar kooperativlar rivojlanib ketsa, klasterlar tizimi bankrot böladi, hamma fermerlar kooperativlarga ötib ketadi deyişyapti. Klasterlar olgan kreditlarini tölolmay qoladi bunday holatda, deb yuqoriga signal berişyapti. Aslida bunday emas. Çunki kooperativlarda hamma fermer ham işlolmaydi, klaster bilan işlaydiganlari ham köp. Raqobat muhiti paydo böladi. Masalan, özim bilganim, Andijonda yoki Ellikqal’a tumanida yaxşi işlayapti kooperativlar va öşa yerda klasterlar ham işlamoqda.
Prezidentning şu masaladagi 4633-sonli qarori ikkinçi bölimi “b” kiçik bandida klasterlar yöq hududda fermerlar kooperativ tuzib, öşa yerdagi zavodlarni yuritişi kerak, deyilgan. Lekin mahalliy mutasaddilar mana şu bandni öziga mos qilib ögirgan holda, boşqa taşkilot orqali kooperativlarni sudga beryapti, ya’ni klaster bor joyda kooperativ tuziş mumkinmas, deyişyapti. Hattoki ba’zi mahalliy instansiya sudlarida yutişdi ham. Umuman, mana şunday kooperativlarga qarşilik ayrim mansabdorlarning şaxsiy prinsipidan kelib çiqib bölyapti. Çunki klasterga kooperativlar raqobatçi bölib kirsa, öşa mansabdorlar klasterga ta’sirini yöqotib qöyadi, aralaşolmay qoladi. Çunki soğlom bozor muhitida ortiqça byurokratiya bölmaydi.














