O‘zbekiston | 07:10 / 07.10.2023
5185
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston bilan chegaradagi bojxona postida furgondan 20 kg geroin aniqlandi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi «Yallama» nazorat-o‘tkazish punktida furgondan 20 kg geroin aniqlandi.

Foto: Videodan kadr

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegaradosh «Yallama» chegara bojxona postida furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Hujjatlarga ko‘ra bo‘sh kelgan Tojikiston davlat raqamiga ega yuk mashinasi salonining pol qismi ostidan skotch bilan o‘ralgan 36 dona o‘ram yashirilgani ma’lum bo‘lgan. 

Ular ichidan o‘tkir hidli modda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, geroin chiqqan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid