Beeline Uzbekistan joriy yilning sentabr oyida yakunlagan tarmoq modernizatsiyasining birinchi bosqichi doirasida 190 ta baza stansiyasini modernizatsiya qildi, buning natijasida O‘zbekistonning yana uchta hududida aloqa yaxshilandi.
Beeline Uzbekistan kompaniyasi tarmoqni modernizatsiya qilish va infratuzilmani yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha doirasida Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida aloqa sifati va mobil internet tezligini oshirish bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirdi. Joriy yozda texnologik yangilanishlar amalga oshirilgan deyarli barcha baza stansiyalari LTE tarmog‘iga tegishli bo‘lib, raqamli operatorning millionlab mijozlari uchun yuqori tezlik va aloqa barqarorligini ta’minlaydi.
Modernizatsiya viloyatning ko‘plab yirik shahar va tumanlarida, jumladan, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Payshanba, Juma, Chelak, Payariq shaharlarida hamda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Oqdaryo, Nurobod, Urgut va Toyloq aholi punktlarida, shuningdek Jizzax viloyatining Jizzax, G‘allaorol, Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida 4G tarmog‘iga ulanish imkoniyatini kengaytirdi. Sirdaryo viloyatida Guliston va Shirin shaharlari ham yanada barqaror va yuqori sig‘imli 4G tarmog‘i bilan qamrab olindi.
Bu yil Samarqandda Beeline Uzbekistan o‘z mijozlari uchun eng yirik Family Park savdo-ko‘ngilochar markazida «orol» formatidagi yangi qulay xizmat ko‘rsatish shoxobchasini ochdi. Endilikda shahar aholisi va sayyohlar uchun ommabop dam olish maskani hisoblangan savdo majmuasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 4G tarmog‘i joriy etildi. Bu digital-operator tomonidan innovatsion yechim – bino ichida keng polosali mobil aloqa bilan ta’minlovchi Lamp Site uskunasini o‘rnatish tufayli amalga oshirildi.
Samarqand viloyatida Beeline tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish jarayonida kompaniyaning texnik xizmati tomonidan turli nostandart yondashuvlar qo‘llangan. Shulardan biri, «Samarqand» turistik markazi (Silk Road Samarkand) hududida 4G portativ Small Cell baza stansiyasining ishga tushirilishi bo‘ldi. Qurilma minora gumbaziga o‘rnatilib, «Boqiy shahar» etnografik bog‘ini sifatli xizmat ko‘rsatish bilan qamrab olish va ushbu majmuaning asl qiyofasini saqlab qolish maqsadiga erishildi.
Yirik shaharlardan tashqari LTE aloqa standarti Samarqand viloyati Jomboy tumani Sariqipchoq aholi punktida yangi baza stansiyasi foydalanishga topshirildi va buning natijasida hududda tarmoqqa ulanish imkoniyati sezilarli darajada yaxshilandi.
Bundan tashqari, beshta yangi baza stansiyasi ishga tushirilishi natijasida, 4G tarmog‘i Samarqand viloyati Nurobod tumanining olis hududida joylashgan tog‘li aholi punktlarigacha kengaytirildi.















