Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zgidromet”ning uzoq yillik rahbari Viktor Chub vafot etdi
Taniqli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi Viktor Yevgenevich Chub uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 12 oktyabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati ma’lum qildi.
Foto: “O‘zgidromet”
Viktor Chub 1979 yildan 2017 yilga qadar “O‘zgidromet” rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
“O‘zbek gidrometeorologiya sohasiga qo‘shgan barcha mehnatlarini qadrlagan holda, biz ularni yorqin xotiramizda doimo saqlab qolamiz.
Shu bilan birga, barcha olimlarimiz, soha xodimlarining shu kungacha erishib kelayotgan barcha yutuqlari zamirida Viktor Evgenevich Chubning samarali mehnatlari yotadi”, – deyiladi agentlik axborotida.
“O‘zgidromet” jamoasi marhumnnig oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Mavzuga oid
12:12 / 26.12.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
14:58 / 22.12.2025
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
19:05 / 21.12.2025