Bişkekdagi MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev MDH davlatlari negizida rus tili böyiça xalqaro taşkilot ta’sis etiş taşabbusi bilan çiqqan.
Töqayevning taşabbusiga köra, Rus tili böyiça xalqaro taşkilot töğrisidagi şartnoma imzolanadi. Şartnoma ta’sis etilayotgan taşkilotning huquqiy maqomi, maqsad va vazifalari, şuningdek uning organlari faoliyati tartibiga aniqlik kiritadi.
Taşkilotning boş maqsadi şartnomaga a’zo davlatlarning rus tilini qöllab-quvvatlaş va ilgari suriş uçun köptomonlama özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş ekani körsatilgan.
Putin bu taşabbusi uçun Qozoğiston prezidenti Töqayevga alohida minnatdorlik bildirdi, lekin videoda u bu safar ham Qosim-Jömart Kemeloviçning ismi-şarifini töğri talaffuz qila olmaganini köriş mumkin.











