Toyota Crown 2024

Toyota Crown 2024 taqdim etildi. U yaxshilangan intererga ega bo‘ladi va hozirgi dizaynini saqlab qoladi. Avtomobil uch xil – XLE, Limited va Platinum komplektatsiyalarida sotuvga chiqariladi.

Foto: carscoops.com
Foto: carscoops.com

Yangilangan Toyota Crown’ning eng arzon komplektatsiyasi narxi 40 ming 50 dollardan boshlanadi, u 100 km masofaga 5,7 litr benzin sarflaydi. Eng zamonaviy Crown Platinum modeli esa 53 ming 70 dollarga baholangan bo‘lib, umumiy quvvati 340 ot kuchiga teng, 100 km masofaga 7,8 litr benzin sarflaydi.

Haydovchisiz avtomobillar poygasi

Birlashgan Arab Amirliklarida haydovchisiz avtomobillarning dunyodagi eng yirik poygasi o‘tkaziladi. Musobaqada 10 ta jamoa ishtirok etadi. Poyga 2024 yil 28 aprelida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. 

Foto: khaleejtimes.com

Formula 1 uchun mo‘ljallangan Yas Marina trekida poygachilar o‘rniga koderlar — spetsifikatsiya bo‘yicha kod yozishga ixtisoslashgan dasturchilar raqobatlashadi. 

Avtonom poygalar nafaqat yangi sport turi, balki avtonom avtomobillar texnologiyasini tadqiq qilish va rivojlantirish uchun platformadir. Ushbu tadbirlarda tadqiqotchilar va muhandislar o‘z algoritmlari va tizimlarini sinab ko‘rishi va yaxshilashi mumkin.

Uchuvchisiz yuk samolyotlari

Britaniyaning Droneliner aviakompaniyasi yuk ko‘tarishi 300 tonnadan ortiq bo‘lgan uchuvchisiz yuk samolyotlarini yaratish ustida ishlamoqda