Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Koreya aerokosmik universiteti filiali tashkil etilishi mumkin
Toshkent davlat transport universiteti bilan birgalikda Koreya aerokosmik universiteti filialini, davlat va xususiy sektor aviatsiya sanoati xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Foto: Transport vazirligi
Transport vazirligida Koreya aerokosmik universiteti prezidenti boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasida professional kadrlarga bo‘lgan talabning keskin ortib borayotganini inobatga olgan holda, universitet bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quv kurslarini tashkil etish masalasi muhokama etildi.
Toshkent davlat transport universiteti bilan birgalikda Koreya aerokosmik universiteti filialini, davlat va xususiy sektor aviatsiya sanoati xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Koreya aerokosmik universiteti prezidenti dasturlarni ishlab chiqish va tegishli mutaxassislar ishtirokida maxsus ma’ruzalar o‘tkazishni tashkil qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
12:50 / 02.02.2026
Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
12:24 / 30.01.2026
O‘zbekiston diplomatlari Koreyada jazo o‘tayotgan fuqarolar bilan uchrashdi
20:53 / 25.01.2026
Koreyaga kirishda karantin talablari kuchaytirildi
13:04 / 20.12.2025