Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida MDH sammitida iştirok etdi va matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Meduza asosiy savol-javoblarning qisqaça mazmunini keltirdi.
Rossiyaga qaytişga qaror qilgan relokantlar haqida:
Vataniga qaytganlarni nima kutmoqda? Bu odamning özini qanday tutganiga boğliq. Qonunni buziş — bir narsa, Rossiyaga nisbatan axloqiy-etika me’yorlarni buziş — boşqa narsa. Agar köpçilik bu odamni özini axloqsiz tutgan deb hisoblasa, uning özi ham buni his qiladi. Har birimizning kelajagimiz bugun nima qilayotganimizga boğliq. Bu barça odamlarga tegişli: bu yerda yaşayaptimi, çet elda yaşayaptimi yoki köçib ketyaptimi. Davlatimiz erkin, heç qanday çeklovlar yöq.
Falastin-Isroil mojarosi haqida:
Isroil misli körilmagan hujumga uçradi. Nafaqat miqyos jihatdan, balki ijro mohiyati, şafqatsizlik jihatidan ham. Isroil keng miqyosda, şuningdek, juda şafqatsiz usullar bilan javob qaytarmoqda. Ular Leningrad qamali paytida bölgani kabi Ğazo sektoriga qarşi çoralar körişni xohlamoqda, buni qabul qilib bölmaydi. Ğazoda ikki milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ammo, boşqa tomondan, Isroil öz xavfsizligini ta’minlaşga haqli. Yeçim topiş kerak. Isroilda SSSR va Rossiyaning sobiq fuqarolari köp. Albatta, biz bu haqda unuta olmaymiz. Isroil bilan ham, Falastin bilan ham an’anaviy munosabatlarimiz yaxşi. Şuning uçun, heç kim bizni kimgadir yon bosişda gumon qilolmaydi, albatta, agar kimdir bizning vositaçiligimizga muhtoj bölmasa.
Ukrainadan HAMAS a’zolariga qurol-yaroğ yetkazilayotgani töğrisida
Ukraina rasmiylari Yaqin Şarqqa qurol yetkazib berganiga şubha qilaman, lekin Ukrainadan qurol-yaroğ sizib çiqayotganiga şubham yöq. Men Ukrainaning hozirgi rahbariyatini xuş körmayman, lekin buning ortida Ukraina rahbariyati turganga öxşamaydi.
Xorijga taşriflari haqida:
Men buni istisno qilmayman, lekin hozirça heç narsani rejalaştirmaslikka harakat qilaman. Bizda uyimizda ham alohida e’tibor talab qiladigan dolzarb masalalar köp.
Armaniston haqida:
Armanistonga kelsak, Nikol Paşinyan nima uçun sammitga kelmagani aniq, ammo Armaniston MDH tarkibidan çiqmaydi. Biz Paşinyan bilan aloqadamiz. Va men ularning oldiga boraman, ular ham mening oldimga kelişadi.













