Yevropa Kengaşi Parlament Assambleyasi (YeKPA) Yevropa Ittifoqi davlatlarini Vladimir Putinning amaldagi prezidentlik muddati tugaganidan keyin uni noqonuniy deb tan olişga çaqiruvçi rezolyutsiyani ma’qulladi. Şuningdek, unda Rossiya bilan barça aloqalarni töxtatişga çaqiriq bor. Gumanitar va tinçlikka erişiş uçun qilingan aloqalar bundan mustasno.
Rezolyutsiyada ta’kidlanganidek, Putin 2000 yildan beri hokimiyat tepasida bölib, bunday uzoq prezidentlik davrida kuçli parlament, mustaqil sud tizimi, erkin ommaviy axborot vositalari va faol fuqarolik jamiyati körinişidagi özaro nazorat va muvozanatning yöqligi Rossiyani de-fakto diktaturaga aylantirdi.
Bundan taşqari, YeKPA Rossiyaning Ukrainaga qarşi davom etayotgan tajovuzini hisobga olgan holda diktaturalar xalqaro tinçlik va xavfsizlikka, şuningdek, qöşnilarining hududiy yaxlitligiga tahdid solayotganini ta’kidladi.
Bundan taşqari, YeKPA Rossiya yetakçilarini, jumladan Vladimir Putinni Qrimning noqonuniy anneksiyasi va Donbassdagi uruşdan tortib MH17 reysi samolyoti urib tuşirilişigaça bölgan harakatlar uçun javobgarlikka tortiş uçun maxsus xalqaro jinoiy tribunal taşkil etiş tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi.
2022 yil fevralida Yevropa Kengaşi Rossiyaning özini özi e’lon qilgan LXR va DXR mustaqilligini tan olgani, şuningdek, Ukrainaga bostirib kirgani uçun qoraladi. Yevropa Kengaşi Vazirlar qömitasi Rossiyaning taşkilotdagi vakolatini töxtatib, uni Parlament Assambleyasi va Kengaşning boşqa organlari işida iştirok etiş huquqidan mahrum qildi. Bunga javoban Rossiya Yevropa Kengaşidan çiqdi va unga nisbatan xalqaro şartnomalarini bekor qildi.












