"Özbekiston temir yöllari" raisining birinçi örinbosari Hikmatilla Rahmetovning aytişiça, çipta narxlari arzonligi uning qölma-qöl bölib, çayqovçilar tomonidan bemalol sotilişiga zamin yaratgan. “Agar bu borada jarimani oşirmasak, köça töla “spekulyant”lar çiptalarni olişadi, yölovçilar esa manziliga borolmay qoladi”,– deydi u.

20 oktyabrdan Özbekistonda tezyurar hamda “Afrosiyob” poyezdining çipta narxlari mos ravişda 50 va 100 foizga oşiriladi. Mamlakatda boşqa alternativ variantlarga nisbatan aholining katta qismi temiryöl xizmatlaridan foydalanadi. Şu bois ham narxlar oşirilişi odamlar tomonidan ijobiy kutib olinmasligi aniq edi.

Xöş, mas’ullar bu jarayonda fuqarolarning tölov qobiliyati va boşqa jihatlarni qançalik inobatga olgan? Narxlar oşirilganidan söng keyingi qadamlar qanday böladi? Çipta sotib olişdagi noşaffoflikka qaçon barham beriladi?

14 oktyabr kuni “Özbekiston temiryöllari” AJ mas’ullari bilan ötgan matbuot anjumanida şularga aniqlik kiritildi. Dastlab AJ raisining birinçi örinbosari Hikmatilla Rahmetov narxlar masalasida öz munosabatini bildirdi.

Uning aytişiça, temiryölda narxlar oxirgi 6 yil, ya’ni 2017 yildan beri oşirilmay kelgan. Şu bois ham sohaning yuk taşiş va yölovçi taşiş faoliyati zararga işlagan.

“Mamlakat içida yuk taşiş böyiça zarar deyarli 80 foizga yaqinlaşgan. Bugungi kunda Özbekiston temiryöllarida yölovçi taşiş narxlari dunyo miqyosida eng pasti sanaladi. Agar internetdan bizdan ham past narxda, xuddi şu xizmatlarda işlaydiganini topsangiz, bizga şuni körsatib beringlar.  

Biz eng qoloq davlat emasmiz-ku, nima sabab eng past narxdamiz? Çunki davlat rahbarimiz şu narsaning bölişini xohladilar, talab qildilar. Yuk taşişda ham biz dunyoda eng arzonimiz.

Xitoyni qaraydigan bölsak, bu davlatdan 2 barobarga, Rossiyadan 3 barobarga arzonmiz. Biz yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdimizda berayotgan xizmatlar Rossiyada yöq”, – deydi u.

Birinçi örinbosarning qöşimça qilişiça, xorij davlatlari temiryöl poyezdlarining VIP’lari Özbekistonnikiga nisbatan yaxşi emas. Örindiqlari kiçkina, gradusi böyiça esa bukilmaydi.