15 oktyabr kuni Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanida yölovçi avtobusda gazballoni portlaşi oqibatida jabrlanib, şifoxonaga yotqizilganlar soni ikki barobar köproqligi ma’lum böldi. Qaşqadaryo viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi xabariga köra, Muborak tumani tibbiyot birlaşmasiga şu kuni soat 17:30 lar atrofida 24 nafar bemor olib kelingan.

Şundan 16 nafariga ambulator yordam körsatilib, uyiga javob berilgan. 4 nafar bemor turli jarohatlar bilan jarrohlik bölimida nazoratda qoldirilgan. 4 nafar bemor reanimatsiya bölimiga yotqizilib, jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Vafot etganlar yöq.

Vaziyat viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasining qat’iy nazoratiga olingani qayd etilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bundan oldinroq Özbekiston FVVning Muborak tumanidagi portlaş töğrisidagi xabarida 4 kişi örtaça oğirlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani ma’lum qilingandi.