Qaşqadaryo viloyatining Muborak tumanida yölovçi avtobusida gaz balloni portlab ketdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 16:50 larda Qaşqadaryo viloyati Muborak tumani hududidan ötuvçi Qarşi-Buxoro içki yölida “Isuzu” rusumli avtobus yölovçilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtda avtobusning gaz ballonida yoriliş sodir bölgan.
Oqibatda 4 nafar fuqaro örta oğir darajada tan jarohatini olib, tuman tibbiyot şifoxonasiga yotqizilgan, qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam körsatilgan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida heç kim halok bölmagan.

















