Beeline Uzbekistan ilovasida yangi “MULTI KUCH” lineykasidan tanlangan tarif rejasini qo‘shimcha to‘lovsiz “KUCh”larni ulash orqali yanada yaxshilash mumkin.

Digital-operatordan “MULTI KUCH” yangi tariflari turli ehtiyojga ega mijozlarning xohishini qondirishga mo‘ljallangan asosiy xizmatlar to‘plamini o‘z ichiga oladi – O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar, internet uchun gigabaytlar, SMS, shuningdek, Beepulʼda ilovasida komissiyasiz pul o‘tkazmalari hamda BiP messenjerida cheksiz aloqa.

Yangi lineykaning asosiy jihatlaridan biri bu maxsus “kuch” opsiyasi bo‘lib, u mijozlarga tanlangan tarif rejasiga qarab, qo‘shimcha xarajatlarsiz ko‘proq imtiyozlarni tanlash imkoniyatini beradi:

  • barcha yo‘nalishlar uchun qo‘shimcha internet-trafik;
  • messenjerlar ijtimoiy tarmoqlar va YouTube'dan foydalanish uchun ko‘proq GB;
  • tungi trafik (01:00-08:00);
  • PUBG MOBILE o‘yini uchun trafik;
  • “Beeline TV” va “O‘zbekkino” onlayn kinoteatriga obuna bo‘lish;
  • Beeline Music & Radio’ga obuna bo‘lish.

“Kuch”larni “Beeline Uzbekistan” ilovasida ulash mumkin. Buning uchun dasturni yuklab olishingiz, avval yuklagan bo‘lsangiz, so‘nggi versiyasiga yangilashingiz kerak.

Tariflarning birinchisi – “MULTI 1” kiritilgan SMSlar va cheksiz qo‘ng‘iroqlardan tashqari, 7 GB internet va 1 ta qo‘shimcha “kuch”, shuningdek, Beepul ilovasida 500 ming so‘mgacha komissiyasiz pul o‘tkazmalari kiritilgan.

“MULTI 2” – asosiy xizmatlar (qo‘ng‘iroqlar va SMSlar)dan tashqari yana ham ko‘proq trafikni o‘z ichiga oladi – barcha yo‘nalishlarga 14 GB, shuningdek, "Beepul"da 800 ming so‘mgacha komissiyasiz o‘tkazmalarni o‘z ichiga oladi. 1 "kuch" bilan tarifni kengaytirish mumkin.

“KUCHLI” “MULTI 3” tarifida Internet-trafik hajmi 22 GB ga yetadi va ulanish uchun ikkita “kuch” taqdim etiladi. Bundan tashqari, “Beepul” ilovasidagi foizsiz o‘tkazmalarning limiti ham 1 million so‘mgacha oshirilgan.

Lineykadagi eng “kuchli” tarif "MULTI 4" hisoblanadi. Standart opsiyalar, oylik 35 GB internet-trafik va 1 million 200 ming so‘mgacha Beepul ilovasida komissiyasiz o‘tkazmalardan tashqari mijoz birdaniga 3 ta “kuch”ni tanlashi mumkin.

“Yangi tariflar lineykasi — tanlov imkoniyati borasida moslashuvchanlik va individual yondashuv demakdir. “Kuch” – qo‘shimcha to‘lov talab qilmaydigan, lekin har bir mijozga o‘z ehtiyojlari va xohishlariga mos keladigan shaxsiy manfaatlaridan bahramand bo‘lishda yordam beradigan xizmatdir”, — Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov yangi tariflar ishga tushirilganini sharhladi.