Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxati tasdiqlandi
Tibbiyot muassasalari formulyariga kiritilgan dori vositalari ro‘yxati alohida shakllantirilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Prezidentning «Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish nazarda tutilgan. Qaror, shu jumladan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda aholining eng ko‘p murojaatlariga sabab bo‘layotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olgan holda, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxati shakllantirilishini nazarda tutadi.
Ro‘yxatda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning turlari, ularning ta’rifi, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, tuman (shahar) markaziy shifoxonalari va tug‘uruqxonalar kesimida taqdim etish muddatlari mavjud.
Shuningdek, hujjatda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilgan tashxislar ro‘yxati keltiriladi. Tibbiyot muassasalari formulyariga kiritilgan dori vositalari ro‘yxati alohida shakllantirilgan.
Mavzuga oid
12:30 / 29.12.2025
Bo‘stonliqda tog‘da qolib ketgan 3 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi
19:21 / 09.11.2025
Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi
12:52 / 08.11.2025
Xususiy tibbiyotning ulushi mamlakatda 30 foizga yetdi
18:55 / 04.11.2025