Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Bahrom A’loyev Hindiston elçisi Maniş Prabxat bilan uçraşuv ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, suhbat çoğida tomonlarni qiziqtirgan qator yönalişlarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Qöşma tadbirlar jadvali, xususan, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlislari hamda «Markaziy Osiyo – Hindiston» formatida vazirlar uçraşuvini ötkaziş yuzasidan fikr almaşildi.

Muzokaralar kun tartibidan ikki davlatning BMT va uning ixtisoslaşgan idoralari, ŞHT va boşqa köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi özaro hamkorligi masalalari ham örin oldi.