13 oktyabr kuni hakerlar tomonidan yuritilişi taxmin qilingan tarmoqlardan birida dunyo böylab 180 milliondan ortiq foydalanuvçilarning turli platformalardagi login va parollari oçiqlangan ma’lumot tarqaldi.

Kun.uz bilan gaplaşgan soha mutaxassislariga köra, uşbu hakerlar tarqatgan login-parollar qatorida yagona identifikatsiya tizimi — OneID, DTM, taşkilotlar va oliy ta’lim muassasalari öquv tizimlari, turli köngiloçar portallar, onlayn dökon, qidiruv xizmatlari, veb-xizmatlar körsatuvçilar va öquv markazlari, banklar va tölov tizimlari, turli saytlarning boşqaruv panellariga kiriş kodlari ham bor. Jami turli platformalardagi ön minglab özbekistonlik foydalanuvçilarning ma’lumotlari tarqatilgan.

Kun.uz holat yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga murojaat qildi. Ma’lum qilinişiça, Raqamli hukumat loyihalarini boşqariş markazi hamda Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikdagi örganişlarga köra, OneID tizimiga kiberhujum bölgani aniqlanmagan. Tizim işida ham nosozliklar bölmagan.

“Muammo katta ehtimol bilan foydalanuvçilarning kompyuter qurilmalari virusli zararlangani oqibati bilan boğliqligi taxmin qilindi. Ayni paytda bunga qarşi tegişli çora-tadbirlar olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik Kun.uz'ga taqdim qilgan axborotda.

Rasmiylar fuqarolardan şaxsiy ma’lumotlariga e’tiborli bölişni, kompyuter qurilmalari va mobil aloqa vositalarini virusga qarşi himoyalab turişni söradi.

Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislarga köra, dunyo böylab tarqalgan bu parollar öşa sayt yoki serverlar bilan boğliq emasligi haqiqatga yaqinroq. Çunki agar OneID yoki şu kabi serverlarga hakerlar hujum qilib parollarni öğirlanganida, bir neça millionlik bazani va boşqa köplab şaxsiy ma’lumotlarni ham köçirib olardi. Bu yerda esa faqat bir neça öng minglik parollar haqida gap ketyapti.

Ekspertlarning aytişiça, bu yerda holat taxminan şunday bölgan: dunyo böylab millionlab foydalanuvçilarning kompyuterlariga tuşgan viruslar ularning brauzerida saqlangan login-parollarni yiğgan. Hakerlar töplangan ma’lumotlarni bitta faylga yiğib, tarqatib yuborgan.

Özbekistonlik foydalanuvçilarning parollari bilan şunday holat yuz berganini Özbekiston Respublikasi DXX huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi ham tasdiqladi. Kiberxavfsizlik markaziga köra, kiberhujumga uçragan foydalanuvçilar soni 200 mingdan ortadi.