O‘zbekiston | 12:00 / 20.10.2023
5967
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida yangi hamkorlik bitimi tasdiqlandi 

O‘zbekiston va Koreya hukumatlari o‘rtasida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. 

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Koreya hukumatlari o‘rtasida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. 

Mazkur bitim 2023 yil 1 iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Mavzuga oid