Rossiya Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin migrantlar Ukrainadagi uruşda iştirok etişdan boş torsa, ularni Rossiya fuqaroligidan mahrum etişga çaqirdi.
«Maxsus harbiy operatsiya» davom etayotgan bir paytda, menimça, ularni (migrantlarni) maxsus harbiy operatsiyaga jalb qiliş zarur. Agar ular Rossiya fuqarosi sifatida harbiy burçni bajarişga tayyor bölmasa, bunday şaxsni fuqarolikdan mahrum etiş töğrisida qaror qabul qiliş kerak», dedi u.
Şuningdek, Bastrikinning sözlariga köra, «Rossiya hududiga kirganidan boşlab, migrantlarga Rossiya operatorlari SIM-kartasini oliş va undan Davlat xizmatlari portalida şaxsiy kabinet oçişni majburiy qiliş» kerak.












