Ertaklarda heç börining ayyorlik qilganini, yaltoqlanganini eşitganmisiz. Yöq, albatta. Aksinça özining soddaligi bilan doim ayyorlarga çuv tuşib yurişidan xabardormiz. Ertaklardagi bunday obraz öz-özidan paydo bölib qolmagan. Börining öziga xos xarakteri, fe’l-atvori bor. Uning tabiatida ayyorlik qiliş, yaltoqlaniş, ojizlarça böysuniş kabi xususiyatlar mavjud emas. Bu jonzot öz holiça mard, adolatli va ozod. Bu ozodligini boy bergandan köra ölimni afzal biladi.
Odam-çi? Inson böriçalik ham emas. Biz odamlarda ming bir qiyofa mavjud. Istagan niqobimizni vaziyat taqozosi bilan xohlagança almaştira olamiz. Bizda tulkining ham, qöyning ham, şer-u maymunning ham, umuman, hamma hayvonning xarakteri, xususiyati topiladi. Herman Hessening “Çöl börisi” asarida boş qahramon Harri Hallerning botinida böri va odam bir-biri bilan doimiy kuraşda ekani aks etadi.
Syujyet:
Asar Haller ijara uy sörab bir ayolning pansioniga kelişidan boşlanadi. Ijaraga qöyuvçi ayolning jiyani ham ayni şu pansionda istiqomat qilardi. Avvaliga u ğaroyib tabiatli Hallerni unça yoqtirmaydi. Uning xatti-harakatlariga ensasi qotadi. Ammo bir neça bor suhbatlaşgaç fikri özgaradi. Hallerning boşqa odamlarga öxşamasligi, balki buyuk şaxslarga xos fikrlaydigan bilimli inson ekanini fahmlaydi. Asar ayni şu odam tilidan hikoya qilinadi.
Bir kuni Harri Haller birdan pansionni tark etadi. Hikoyaçi uning xonasidan esdaliklar daftarini topib oladi. Bu esdalikning birinçi sarlavhasiga “Faqat jinnilar uçun” deb yozilgan edi...
Esdalikka köra, Haller köçalar böylab yurganida yoşgina yigitni uçratib qolib, undan “Çöl börisi haqida traktat” kitobini sotib oladi. Bu traktatda u özining ruhiyatiga öxşaş yarim “odam” va yarim “böri” kişi hayotidan xabardor böladi. Muammo şundaki, bu ikkala qalb muntazam ravişda bahslaşib yaşaydi.
Kitobdan ta’sirlangan Haller hayotini özgartirmoqçi, özini özgalar kabi risoladagidek tutmoqçi böladi. U tanişi – professornikiga mehmonga boradi. Professor uni keçki payt özinikida böladigan ziyofatga taklif etadi. Haller noiloj rozi böladi. Ammo ziyofada böladigan takalluf, mulozamatlar, sohtaliklarni öylab yuragi siqilardi. Içidagi böri bunday masxaraomuz vaziyatlarda isyon kötarardi.
Ziyofat paytida Gyotening portretini körib qoladi. Bu surat Hallerga yoqmaydi. Uy egasiga suratdagi odam Gyotega sirayam öxşamaganini aytadi. Uni professorning ayoli çizgan edi. Örtada noqulay vaziyat yuzaga keladi va Haller butun ziyofat davomida taqib yurişga majbur bölgan “niqobini” yeçib taşlaydi va hamma narsani röyi-rost gapira boşlaydi. Professor bilan bahslaşib uni xafa qiladi. Şunday maş’um bahslaşuvdan keyin u özini öldirmoqçi böladi. Biroq ayni paytda bundan qörqardi ham. Öziça içidagi ikkinçi şaxs — “böri” mening ustimdan kulyapti deb öylaydi. Ikkilanib uyiga borgisi kelmaydi, şahar böylab toki “Qora burgut” mehmonxonasida bir qizni uçratgunga qadar tentirab yuradi. U qiz huzurida biroz taskin topadi va undan öziga onalar kabi ğamxörlik qilişini söraydi. Qiz juda ajoyib edi, Hallerni sözsiz tuşunardi. Uning fikr-xayolini öqib turardi. Haller uni yoşligidagi Hermin ismli döstiga öxşatgani uçun Hermina deya atay boşlaydi.













