Bugun kunduzi O‘zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘irlar yog‘adi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +13...+18 daraja atrofida, ba’zi joylarda +20 darajagacha bo‘ladi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
24-25 oktyabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga borib, kunduz kunlari havo +22...+25 darajagacha, janubda +27 darajagacha isiydi.
26 oktyabrda respublika hududiga Volgabo‘yi hududlaridan nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va sharqiy hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat +15...+20 darajagacha pasayadi.
27 oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +17...+22 daraja bo‘ladi.
Ushbu hafta davomida harorat kechalari +7...+12 daraja atrofida bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Poytaxtda 23 oktyabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat +14...+16 daraja bo‘ladi.
24-25 oktyabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +21...+24 darajagacha ko‘tariladi.
26 oktyabrda yomg‘ir yog‘adi, harorat +16...+18 daraja bo‘ladi.
















