19 oktyabr kuni Qirğiziston parlamentida çorva mollarini öğirlaganlik uçun 10 yilgaça qamoq jazosi tayinlaş masalasi muhokama qilindi. Qirğiziston jinoyat kodeksini muhokama qilgan deputatlar unga çorva öğirlaganlik uçun alohida modda qöşmoqçi. Muhokama davomida qiz öğirlaş va mol öğirlaş taqqoslandi.

Sözga çiqqan deputatlardan biri Meykinbek Abdaliyev çorva öğirlaş oğir jinoyat ekani, ammo qiz öğirlaş şunçaki odat ekanini aytdi.

Boşqa bir deputat Doston Bekeşev qoramol öğirlaganlik uçun uzoq muddat qamoq jazosi tayinlaşga qarşi çiqdi. U inson va hayvon hayotini taqqoslab bölmasligini aytgan.

«Odatda odam öğirlansa, unga 7-10 yilgaça qamoq jazosi tayinlanadi. Mol öğirlaş uçun esa 12 yillik qamoq jazosi taklif qilinmoqda. Bu töğri emas, axir inson hayoti qadrliroq-ku. Uylaniş uçun bölsa ham qiz öğirlaganlarga 7 yil beriladi, mol öğrilariga esa 8 yil, bu ortiqça sanksiya. Axir şafqatsizlarça odam öldirganlik uçun ham şunday jazo nazarda tutilgan», degan deputat Bekeşev.

Qoramol öğirlaş uçun jazoni kuçaytiriş tarafdorlaridan biri bölgan deputat Abdaliyev esa qiz öğirlaş şunçaki qirğizça odat ekanini aytdi.

«Siz qiz öğirlaş haqida gapirdingiz, xafa bölmang-u, bu odat, ota-bobolarimiz şunday qilgan. Hayvon öğirlanadi, odam esa olib qoçiladi. uni qaytib sotişmaydi, unga uylanişadi», degan deputat Abdaliyev. Bekeşev esa qiz bolani uning ixtiyoriga qarşi öğirlab ketişsa, bu odat emas, jinoyat ekanini aytdi.

Ma’lumot uçun Qirğiziston qonunçiligiga köra, nikohdan ötiş maqsadida odam öğirlaş uçun (agar bu holat isbotlansa) 5 yilgaça qamoq jazosi tayinlangan. Öğirlangan odam voyaga yetmagan bölsa, 7-10 yilgaça qamoq jazosi belgilanadi.

Qiz öğirlaş

Qiz olib qoçiş Qozoğiston va Qirğizistonda ommalaşgan odat hisoblanadi. Unga köra, kuyov va döstlari qizni olib qoçib kuyovning uyiga olib borişadi. U yerda kuyov «ölja bilan qaytişini» kutib turgan yaqinlari kelinni unga tegişga köndirişga urinadi. Odatda öğirlab ketilgaç uyga qaytişni nomus bilgan qizlar erga tegişga rozi böladi.

Bugungi kunda bu udum odatda kelin bölmişning roziligiga köra amalga oşiriladi. Ya’ni kelin va kuyov özaro turmuş qurişga rozi bölgaç, qiz olib qoçiladi. Lekin hamon qizlarni roziligisiz olib qoçiş holatlari kuzatilib turadi. Aslida eski odatda ham qizning özi rozi bölmagan holatda uni öğirlaş qirğizlarda zörlaş deb qabul qilinib, qoralangan.