Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga safari doirasida yana bir nazarda tutilmagan manzilga taşrif buyurdi. Qarşi tumani markazi – Beşkent şahridagi 12-maktab ham rejalaştirilmagan holda borib körildi.

Bu yerda ayni paytda 1 ming 400 ga yaqin öğil-qiz öqimoqda. Ularga yuzdan oşiq malakali pedagoglar ta’lim bermoqda. Maktab ötgan yili kapital ta’mirlangan. Öquvçilarga bitta kasb-hunar va ikkita xorijiy tilni örgatiş yölga qöyilgan. Kompyuter savodxonligi, tikuvçilik, duradgorlik kabi tögaraklar bor.

Davlat rahbari sinfxonalarni kirib kördi, öqituvçi va öquvçilar bilan suhbatlaşdi. Maktab şaroitlari, darsliklar sifati bilan qiziqdi.

Ayni kunlarda mamlakatda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik va köçat ekiş avjida. Prezident maktab misolida şu boradagi işlarni közdan keçirdi. Mutasaddilarga ijtimoiy muassasalarni issiqlik bilan ta’minlaş, energiya tejamkor texnologiyalarni qöllaş böyiça körsatmalar berildi. Öz navbatida, maktablarning quriliş standartlarini zamonaviylaştiriş, bunda infratuzilma bilan ta’minlanganlik, funksionallik va energiya samaradorligi bilan boğliq barça mezonlarni nazarda tutiş zarurligi ta’kidlandi.

«Yaşil makon» loyihasi doirasida maktablar atrofida köçat ekiş işlariga ham e’tibor qaratildi.

«Maktab bor joyda madaniyat böladi. Pedagoglar boşqalarga har jihatdan örnak. Maktab atrofi obod bölib, mavsumiy gullar yaşnab tursa, yoşlarga ham tarbiya, ham da’vat böladi», – dedi davlat rahbari.