Köz qurişi, közda ortiqça narsa bordek his qiliş, qizariş, qiçişiş, xira körişni boşlaş – bular 21-asr kasalligi raqamli köz çarçaşi belgilaridir. Ekranlarga uzoq termiliş sabab bugun köz kasalliklari yoşarib boryapti. Smartfon, noutbuklardan doimiy foydalangan holda, köz nurini asraş mumkinmi va bu uçun nima qiliş kerak?

Toşkent metrosida edim. Poyezd qança oldin ketganini biliş uçun elektron tabloga qaradim. 20 metrça masofada bölsam ham tablodagi raqamlarni aniq köra olmadim. Qiziği, bundan bir yil oldin metroning oxiri, vagoni töxtagan joydan ham elektron tablodagi raqamlarni öqiy olardim. Bu holat jiddiy xavotir uyğotib, köz şifokoriga yugurdim. Şifokorning aytişiça, menda köz yoş yetişmasligi boşlanib, natijada közim uzoqni oldingidek yaxşi körmayapti. Bu qanday paydo böldi, köz qurişi, közda ortiqça narsa bordek his qiliş, qizariş, qiçişiş, xira köriş sizda ham kuzatilganmi?

Raqamli köz zöriqişi nima degani?

Köz şifokorlari cmartfon va kompyuter ommalaşganidan keyin digital eye strain – raqamli köz zöriqişi atamasining ommalaşa boşlaganini aytadi. Yoki buni computer vision syndrome – kompyuter köriş sindromi ham deb ataş mumkin. Bu atamalar oxirgi 20 yilda köp tilga olinyapti. Bu nima ma’noni anglatadi, belgilari qanday?

Raqamli köz zöriqişi raqamli qurilmalardan uzoq vaqt foydalaniş natijasida paydo böladigan kasallik. Bunday hollarda közlarning qurib qolişi, qiçişiş, közda begona jism kirib qolganday his qiliş, köz yoşlanişi, körişning xiralaşişi va boş oğriği kabi belgilar kuzatiladi. Şu bilan birga böyinning qotib qolişi, bel oğriği ham raqamli zöriqişning belgilari böla oladi. Tahlillarga köra, bu belgilar ayniqsa pandemiya davrida 5 foizdan 65 foizgaça ösgan. Xöş, Özbekistonda-çi, köz şifokorlariga murojaat oxirgi 5 yilda köpayganmi?

Ha, köpaygan!

Özbekistonda köz kasalliklari bilan boğliq murojaatlar haqida Respublika köz kasalliklari klinik şifoxonasi boş şifokori Otabek Ikromov ma’lumot berdi. Uning aytişiça, oldin köz kasalliklari, masalan katarakta operatsiyasi 60 yoşdan boşlab qilingan bölsa, hozir köz kasalliklari 35-40 yoşda ham rivojlanyapti.

“Oftalmologiya sohasida yildan yilga kasalliklarning oldini olişga qaratilgan diagnostikalar mukammallaşib ketyapti. Şu bilan birga raqamli kasalliklarning ham öz navbatida köpayişi kuzatilmoqda. Bu, albatta, kompyuter texnologiyalari hayotimizga kirib kelişi hisobiga bölyapti