Telegram messenjeri 24 oktyabr, seşanba kuni Android va Apple operatsion tizimlari foydalanuvçilari uçun Falastinning HAMAS guruhi rasmiy kanaliga kirişni çekladi.
TASS agentligining xabar berişiça, HAMAS kanali Google Play qoidalariga muvofiq Android foydalanuvçilari uçun bloklangan.
Agentlik ma’lumotlariga köra, HAMAS harbiy qanoti «Izzaddin al-Qassam brigadasi»ning Telegram-kanali ham bloklangan. Şu bilan birga, boşqa harakatlar vakillarining va Livandagi «Hizbulloh» harakatining rasmiy kanallari hamon işlayapti.
Bloklangan resurslarga kirişni tiklaş uçun Telegram foydalanuvçilarga mobil ilovani ilovalar dökonlari orqali emas, balki messenjerning rasmiy veb-saytidan yuklab olişni taklif qildi. Bloklangan kanallar Telegram veb-versiyasida ham mavjud.
13 oktyabr kuni Telegram asosçisi Pavel Durov messenjer HAMAS kanaliga kirişni çeklamasligini aytgandi, çunki Yaqin Şarqdagi «jangovar zonada sodir bölayotgan voqealar haqida ma’lumot beriş bilan boğliq vaziyat yomonlaşişi» mumkin. Uning eslatişiça, HAMAS messenjerdan tinç aholini şaharga raketa hujumlarini uyuştirişdan oldin Aşkelonni tark etiş zarurligi haqida ogohlantiriş uçun foydalangan.













