Toşkent tumanidagi «Darxon» ilmiy-tajriba stansiyasi («Dendropark») hududida daraxtlar nobud qilingan, yer ajratiş va undan foydalaniş qoidalari buzilgan. Kun.uz muxbiri hududga borib, holatni örganişga harakat qildi.
Botanika boği poytaxtning öpkasi deyişadi. Şunday «öpka» şahardan çiqaverişda, Toşkent viloyati, Toşkent tumanida ham bor... edi. Nega edi deyapmiz, çunki u endi quriş, yöq böliş arafasida.
Örmon xöjaligi ilmiy-tadqiqot instituti hududida yuzdan ortiq daraxtlar qurib qolgan. 2017 yilda sun’iy yöldoş orqali olingan suratda mazkur hududda yaşil daraxtzorni köriş mumkin.
Ammo 2018 yil boşida mana şu daraxtzor ğoyib bölgan va yer tadbirkorlarga ijara asosida foydalaniş uçun berilgan. Hozir bu yerda tadbirkorlar issiqxonalar qurib foydalanmoqda. Daraxtlar qayerga ketgan, quyuq örmon qanday qilib bu holga kelib qolgani noma’lum.



Örmonning yana bir tomonida xuddi şunday issiqxonalar bölgan. U yer ham ijara asosida foydalanişga berilgan va hozir ularning örnida uylar qad rostlagan.
Dastlab 100 gektardan iborat bölgan örmon hududi hozir 57 gektar bölib qolgan.
Tadbirkorlik niqobi ostida issiqxona quriş uçun olingan joylar asta-sekinlik bilan turar joylar uçun 4 sotixdan bölinib, fuqarolarga sotib yuborilgan. Mulkdorlar yerni hokimlikdan auksion orqali olganliklarini aytişgan. Ammo davlat muhofazasidagi yerlar qanday qilib auksionga çiqarilganini heç kim bilmaydi.
Keyinçalik hokim qarori ham, auksion ham bekor qilinsin deb qaror qilingan. Ammo bu paytga kelib odamlar uy-joylar qurib, yaşay boşlagandi.


«Bu yerlar örmon hududi edi, 1 gektar 80 sotix joy. Bizning örmon xöjaligiga tegişli köçatxona bor edi şu yerda. Tadbirkorga berilgan, u köçatxonani parvariş qiliş topşirilgandi. Noqonuniy aralaşuvlar tufayli uy-joy qurilib ketdi. Sun’iy yöldoş orqali körilsa ham bu yerda köçatxonani köriş mumkin. Haligaça bu imoratlarni orasida biz ekkan köçatlar: qarağay, arça, boşqa köçatlar turibdi.













