Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi xorijiy kompaniyalar 48,3 mlrd söm soliq töladi. Bu haqda Soliq qömitasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 2023 yil yanvar-sentabr oylarida Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi 52 ta xorijiy kompaniya tomonidan 48,3 mlrd söm soliq tölangan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar köp.
Bunda, tölangan soliqlarning 97 foizi elektron xizmatlar körsatuvçi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga töğri keladi. Röyxatda qariyb 19 mlrd söm soliq tölagan Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram va WhatsApp egasi) yetakçilik qilmoqda.
Eng köp soliq tölagan xorijiy kompaniyalar:
- Meta - 18,7 mlrd söm;
- Google - 14,9 mlrd söm;
- Apple - 9 mlrd söm;
- Vooking.som - 1,2 mlrd söm;
- Netflix - 916,7 mln söm;
- Xsolla - 613,7 mln söm;
- Yandex - 476,4 mln söm;
- Adobe Systems - 326,5 mln söm;
- Microsoft - 326 mln söm;
- Activision - 310,4 mln söm.

















