Şu yil 24-25 oktyabr kunlari prezident Şavkat Mirziyoyev joylarda islohotlarning borişi, hududlar rivoji hamda aholi turmuş tarzi bilan yaqindan tanişiş maqsadida Qaşqadaryo viloyatida bölgandi.

Safar davomida davlat rahbari ta’lim va tibbiyot muassasalari va mahallalarga taşrif buyurib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yuzasidan yiğiliş ötkazdi. Unda köplab sohalar qatori tibbiyotni aholiga yaqinlaştiriş, soha oldida turgan muhim masalalarni hal etiş böyiça qator vazifalarni örtaga taşladi.

Bugun, 28 oktyabr kuni Qaşqadaryoda viloyat hokimi M. Azimov va Soğliqni saqlaş vaziri A. Inoyatov iştirokida prezident tomonidan belgilab berilgan uşbu topşiriqlar ijrosiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda ötgan majlis avvalida davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar haqida söz yuritilib, uning mexanizmlari va mazmun-mohiyatini mas’ullar hamda aholiga yetkaziş, har bir topşiriqni töliq amalga oşiriş zarurligi alohida qayd etilgan.

«Şu örinda aytiş lozim, bugun Qaşqadaryo viloyatidagi mavjud 2 ta şahar va 14 ta tumanda 3,5 million nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda ayni paytda 319 ta davlat tibbiyot muassasasi, jumladan, 19 ta viloyat davolaş maskani, 16 ta tuman-şahar tibbiyot birlaşmasi, 82 ta oilaviy poliklinika, 103 ta oilaviy şifokorlik punkti va 95 ta mahalla tibbiyot punkti faoliyat yuritmoqda.

Keyingi yillarda viloyatda tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oşiriş borasida sezilarli natijalarga erişilmoqda. Biroq sohada yeçimini kutayotgan masalalar talaygina.

Misol uçun, joriy yilda röyxatga olingan 1,6 ming nafar bemorning 979 nafarida onkologiyaning keçki bosqiçi aniqlangan. Qolaversa, ayni paytda hudud aholisining 42 foizida ortiqça vazn muammosi sabab yurak qon-tomir va qandli diabet bilan kasallanişlar soni ortgan.

Prezidentimiz Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida bu holatdan taşviş bildirib, odamlar orasida soğlom turmuş tarzi tarğibotini kuçaytiriş, viloyatda soğliqni saqlaş tizimi salohiyatini oşiriş zarurligini alohida ta’kidladi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda vazir mazkur masalaga töxtalib, buning uçun, eng avvalo, aholi orasida töğri va soğlom ovqatlanişni yölga qöyiş, har bir insonning öz salomatligiga mas’ulligini oşiriş va bu borada tibbiyot xodimlari hamda soha mas’ullari xalqqa eng yaqin kömakçi va suyanç bölişi lozimligini qayd etgan.