O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva 28 oktyabr kuni Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi XXR delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarini madaniy-gumanitar va turizm sohalarida yanada chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

«Xususan, O‘zbekiston va Xitoyda turli madaniy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, qadimiy madaniy meros obidalarini asrab-avaylash bo‘yicha rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishini atroflicha muhokama qildik», deb yozdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.