27 oktyabr kuni Riga şahrida mamlakat elçisi Qadamboy Sultonov, Latviya Taşqi işlar vazirligi davlat kotibi örinbosari Anjyeys Vilumsons, davlat idoralari va biznes vakillari iştirokida Özbekiston Faxriy konsulligining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Rigadagi Özbekiston Savdo uyi rahbari, Outdoor Media kompaniyasi asosçisi va direktori Vladimir Galperin mamlakat faxriy konsuli etib tayinlandi. Tantanali tadbirda unga tegişli konsullik patenti topşirildi.
Bu Özbekistonning Boltiqböyidagi birinçi faxriy konsulligidir.

Yangi faxriy konsul Latviyada bölib turgan Özbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilişga kömaklaşiş, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, latviyalik sarmoyadorlar va sayyohlarni respublikaga jalb etiş, mamlakatda işlab çiqarilgan mahsulotlarni Latviya va boşqa Boltiqböyi davlatlari bozorlariga eksportini köpaytiriş jarayonlarida faol iştirok etadi. Şuningdek, mehnat migratsiyasini tartibli taşkil etiş, madaniy-humanitar va boşqa aloqalarni rivojlantirişga kömaklaşadi.
Ma’lumot uçun, hozirgi kunda xorijda mamlakatning 30 ga yaqin faxriy konsulliklari faoliyat körsatmoqda.












