Rossiyada qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazildi
«Ismlarning qaytishi» aksiyasi 21 ta shaharda o‘tkazildi. Ishtirokchilar siyosiy qatag‘on qurbonlarining ismlarini o‘qib berdi. Yevropa Ittifoqi Rossiyadagi faollarning tarixni qayta yozishga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Foto: Evgenia Novozhenina/REUTERS
Rossiyada 29 oktyabr, yakshanba kuni SSSRdagi siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan «Ismlarning qaytishi» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Faollar qurbonlarning ismlarini o‘qib berdi. «Memorial» inson huquqlari harakati va «Meduza» nashri xabariga ko‘ra, tadbir Rossiyaning 21 shahrida bo‘lib o‘tdi.
Moskvada aksiya taqiqlandi, politsiya Lubyanka maydonini va Solovetskiy toshiga o‘tishni to‘sib qo‘ydi. To‘siqdan o‘tishga uch yoki to‘rt kishiga ruxsat berildi. Solovetskiy toshiga gul qo‘yish uchun kelganlar orasida «Memorial» hamraisi Oleg Orlov va jamiyat boshqaruvi raisi Yan Rachinskiy, Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa davlatlar diplomatlari bor edi.
«Ismlarning qaytishi» tadbiri bo‘yicha uzoq yillik an’ana
2007 yildan beri har yili 29 oktyabr kuni Solovetskiy toshida odamlar kun bo‘yi navbatma-navbat sovet tuzumi siyosiy qatag‘on qurbonlarining ismlarini o‘qib beradi. 2020 yildan boshlab rasmiylar koronavirus pandemiyasi bahonasida «Ismlarning qaytishi»ga ruxsat berishni rad eta boshladi.
Bu yil Moskva meriyasi koronavirus cheklovlari sabab, «Memorial»ga tadbir o‘tkazishni yana taqiqladi.
Jozep Borrelning bayonoti
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel o‘z bayonotida Rossiyadagi siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi hamda «qurbonlar xotirasini saqlab qolish va ularni manipulyatsiya qilish va o‘chirishga urinishlarning oldini olish bo‘yicha faoliyatni davom ettirayotganlarning xizmatlarini» yuqori baholadi.
«O‘tgan yillar davomida biz inson huquqlariga nisbatan hurmatsizlikning guvohi bo‘ldik. «Memorial» kabi tashkilotlarning taqiqlanishi Rossiya va Yevropaning qolgan qismi uchun tuzatib bo‘lmas yo‘qotish bo‘ldi», - dedi Borrel.
Muxolifat, faollar, mustaqil ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va tanqidiy ovozlarga nisbatan kuchayib borayotgan repressiyalarni tanqid qilgan Borrel barcha siyosiy mahbuslarni, jumladan Yuriy Dmitriyev, Vladimir Kara-Murza, Ilya Yashin, Aleksey Gorinov, Ivan Safronov va Aleksey Navalniyni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada taksi ilovalarida migrant haydovchini rad qilish funksiyasi joriy qilinishi mumkin
Jahon | 20:39
-
Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi
Jahon | 20:19
-
O‘zbekiston Yaponiyada o‘tkaziladigan Expo 2025 ko‘rgazmasida «Bilimlar bog‘i» paviloni bilan qatnashadi
O‘zbekiston | 19:52
-
Tramp avjiga chiqmoqda: «Bojlar urushi»da AQSh Xitoyni yenga oladimi?
Jahon | 19:30
Mavzuga oid

20:39
Rossiyada taksi ilovalarida migrant haydovchini rad qilish funksiyasi joriy qilinishi mumkin

20:19
Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi

18:48
Rossiyada geroindan 5 ming barobar kuchliroq bo‘lgan yangi Xitoy giyohvand vositasi tarqaldi

13:55