Telegramʼda tarqalgan audioda Uluğbek Abduğaniyev viloyatda ikki kunlik haşar e’lon qilingani, şu munosabat bilan haşarda barça tibbiyot xodimlari qatnaşişi şartligini aytadi. U Kun.uz bilan suhbatda audio haqiqiyligini tasdiqladi. 

“Toşkent viloyatida bugun, ertaga haşar e’lon qilingan va viloyatdagi har bir tibbiyot muassasasi hududida xodimlar bilan haşar taşkil qilib, barglar böladimi, “musor” böladimi, narsalardan tozalab, hududlaringni tozalaşlaringni sörayman.

Viloyat rahbarlari xududlarda aylanib, joylarda reydlar ötkazmoqda. Uyaltirib qöymaslik uçun bugundan, mana, iş vaqtidan keyin va ertalab umumhaşar”, – deyiladi tarqalgan audioda.

Uluğbek Abduğaniyev

Uluğbek Abduğaniyevning uşbu topşiriği ba’zi tibbiyot bölimi rahbarlarida e’tiroz uyğotgan bölişi mumkin. Jumladan SSB boşliği özining keyingi sms xabarida şunday e’tirozlarga quyidagiça javob beradi:

Assalomu alaykum urtoklar dustlar! Gapim Axmadjon va unga uxşab negativ fikr bildirayotgan dustlarimga (agar sizlarni dust deyiş mumkin bulsa, vaxolangki bunga loyik bulmasangiz xam)! Kança vaktdan beri kuzataman, kuyoş çiksa xam negativ, muşuk tugsa xam negativ fikr berasiz! Ozmi-kupmi şu Davlat sizni odam kildi, ukitdi, ustingizga ok xalat kiydirdi, mana endi xalol kilib oilangizga lukma taşiydigan buldingiz! Insonda ozgina vatanparvalik, xalkparvarlik xissi bulişi kerak, uzi işlayotgan joyga mexri bulişi kerak, subbotnik iş joyida deyilyapti, tilim bor deb kaltafaxm gaplarni gapiraverişga xojat yuk! Mansabda, uzgaribdi degan gaplarni gapiriş sizga emas, sizga yokmasa ba’zi sirkulyar muşaklaringizni xarakatga keltirib fikr bildirmasangiz xam sizdan xeç kim talab kilmaydi! Işxona xam oiladay gap, jamoa, mexr degan narsalar bor, uzingizga karaşli territoriyaga çikib bitta daraxt eking, tozalikka e’tibor kilib kuying, şunda kuç tilingizga emas kulingizga boradi! Vakti keladi bu işlarni kilişga xojat kolmaydi, şugullanadigan insonlar buladi, lekin bugun biz kollektiv bilan bulişimiz kerak! Gaplarim kimgadir yokmasa uzr surayman!

Uluğbek Abduğaniyevga tegişliligi aytilgan audio tarmoqlarda tarqalarkan, u foydalanuvçilarning e’tirozlari va “majburiy mehnat qaytyaptimi?” – mazmunidagi savollar tuğilişiga sabab bölmoqda.