30 oktyabr kuni Kun.uz’ga Xorazm viloyati Boğot tumani 2-ixtisoslaştirilgan umumta’lim muassasasining pedagogi deyilayotgan şaxs tomonidan öquvçi bolani kaltaklayotgani aks etgan video yuborildi. Unda xorazmlik öqituvçi bolaga “sen kimsan?” deya avval köksiga, keyin orqasiga urganini, söng bir siltab yiqitganini köriş mumkin. Video yuborgan manbaga köra, öqituvçi doimiy ravişda bolalarni şu tarzda kaltaklab keladi.

Tahririyat holat yuzasidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova bilan boğlandi. Sobirova bu holat avval bölmaganini, haqiqatan ham 30 oktyabr sanasida sodir bölganini tasdiqladi.

Hozirda 2-IDUMdagi vaziyat Xorazm maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan örganilmoqda. Örganiş yakuniga yetgaç batafsil ma’lumot berilişi ma’lum qilindi.

Maktablarda öquvçilarning öqituvçi yoki aksinça ustozlarning öquvçilar yoki boşqa şaxslar tomonidan kaltaklanişi avval ham kuzatilgan.

Xususan, 2022 yilning oktyabrida Namanganda öquvçi sinfdoşi bilan uruşib darsga xalal bergani uçun öqituvçi bolani kaltaklagandi. Keyin unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi.

Öşa yili noyabr oyida esa Buxoro viloyatidagi maktablardan birida darsda öqituvçi berilgan vazifani tekşiriş davomida boşlanğiç sinf öquvçilarini ayovsiz urgandi.

2023 yil aprel oyida esa Surxondaryoning Uzun tumanidagi 31-maktabda ikki ayol öqituvçi erkak hamkasbi tomonidan döpposlangandi. Holat böyiça jinoyat işi oradan 4 kun ötib, video internetda tarqalganidan keyin qözğatilgandi va muştumzör qölga olingandi.

Şu yil mayda poytaxtning Çilonzor tumanidagi 178-maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi öquvçining onasi tomonidan kaltaklangandi.