Londondagi Oliy sudning 1 noyabr, çorşanba kungi qaroriga köra, Rossiya sobiq YuKOS neft konserni aksiyadorlaridan Haaga arbitraj qarori asosida tovon puli undirilişiga yöl qöymaslik uçun davlat immunitetidan foydalana olmaydi.
Sud bu qarorni Rossiyaning özi avvalroq iş Haagadagi xalqaro arbitrajda körib çiqilişiga rozi bölgani bilan asosladi.
Qaror YuKOSning uçta sobiq aksiyadori - Yukos Universal, Hulley Enterprises va Veteran Petroleum’ning pul olişi böyiça tösiqlardan birini olib taşlaydi, ammo ularning arbitraj qarorini ijro etişga urinişlari hozirça muvaffaqiyatsiz va bu uzoq yillar davom etişi mumkin. Reuters agentligining ta’kidlaşiça, ular pulni körişdan oldin sud jarayoni yillab çözilişi ehtimoli bor.
Köp milliard dollarlik kompensatsiya
Yukos Universal, Hulley Enterprises va Veteran Petroleum kompaniyalariga 2014 yilda Haaga arbitraji qarori bilan 50 milliard dollardan ortiq pul ötkazilişi kerak bölgan. Hakamlik sudining xulosasiga köra, Rossiya uşbu konsern sobiq egasi Mixail Xodorkovskiyni qamoqqa jönatgandan söng, «hiylalar» yordamida YuKOSning «yomon ekspropriatsiyasi»ni amalga oşirgan.
Öşandan beri uçta kompaniya Buyuk Britaniya, AQŞ va Niderlandiyada Rossiyadan uşbu summani majburan undirişga urinib kördi, hozir esa mablağ miqdori 60 milliard dollargaça kötarildi.
Oktyabr oyida bölib ötgan sud majlisida Rossiya arbitraj yurisdiksiyasiga böysunişga rozi bölmaganini bildirib, kompensatsiya tölaşdan boş tortdi, şuningdek, nizo, unga köra, hali Niderlandiya sudlari tomonidan yakuniy körib çiqilmagan. Moskva har qanday holatda ham pul tölaş niyati yöqligini bildirmoqda. 2020 yil dekabr oyida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi unga uşbu kompensatsiyani tölamaslikka ruxsat berdi.












