Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyosh tizimi geometriyasi tadqiqot instituti G‘azodagi urush sabab zilzilani prognoz qilishni to‘xtatdi
Institut zilzila prognozlarini ishlab chiqishni G‘azoda minglab odamlar o‘ldirilayotgani sabab to‘xtatgan. “Biz odamlar hayotini saqlab qolmoqchi bo‘layotgan bir paytda, minglab odamlar qirg‘in qilinyapti. Bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi institut rasmiy sahifalarida.
Quyosh tizimi geometriyasi tadqiqot (Solar System Geometry Survey) instituti o‘zining rasmiy sahifalarida zilzila prognozlarini ishlab chiqishni to‘xtatganini ma’lum qildi. Institut bunga G‘azoda minglab odamlar o‘ldirilayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.
“Butun dunyo G‘azoda bo‘layotgan ommaviy genotsid tugatilishini talab qilishi kerak. 10 mingdan ortiq odam o‘ldirildi va buning oxiri ko‘rinmayapti. Bu terrorizmga qarshi kurash emas. Bu – terrorizm.
Ommaviy qirg‘in ketayotgan bir paytda, biz zilzilani bashorat qilishimizdan ma’no yo‘q. Biz odamlar hayotini saqlab qolmoqchi bo‘layotgan bir paytda, minglab odamlar qirg‘in qilinyapti. Bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun biz hozircha xizmatlarimizni to‘xtatishga qaror qildik", – deb yozilgan markazning rasmiy sahifalarida.
Ma’lumot uchun, Quyosh tizimi geometriyasi tadqiqot instituti tadqiqotchisi Frank Hugerbits o‘zining nisbatan yuqori aniqlikdagi seysmologik tadqiqotlari bilan tanilgan. Hugerbits 2022 yil fevralida Turkiyaning janubi-sharqi, unga qo‘shni Suriya, Iordaniya va Livan bilan chegaradosh hududlarida 7.5 magnitudali kuchli zilzila bo‘lishini voqeadan uch kun oldin prognoz qilgandi.
Mavzuga oid
13:55 / 29.01.2026
Germaniya hukumati 2026 yil uchun iqtisodiy prognozni pasaytirdi
11:30 / 10.12.2025
Yangilangan prognoz: O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi mumkin
20:08 / 22.11.2025
Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? S&P prognozi
07:30 / 27.09.2025