Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024–2026 yillar uçun Budjetnomani e’lon qildi. Unda keltirilgan 2023 yilgi budjet ijrosi tahliliga köra, joriy yilda subsidiyalar uçun 31,1 trln söm sarflanadi. Bu – davlat budjeti xarajatlarining 11 foiziga teng.
Tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplaşga dastlab 18 trln söm yönaltiriş közda tutilgan bölsa, yil oxirigaça bu maqsad uçun qöşimça 4 trln söm ajratişga töğri kelişi mumkin.
2024 yilda davlat budjeti hisobidan ijtimoiy-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, eksportni rağbatlantiriş, qişloq xöjaligi, aholi bandligini ta’minlaş kabi sohalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş maqsadida ajratilişi belgilangan subsidiyalarning umumiy qiymati 28,4 trln sömni taşkil etadi. Bu – davlat budjetining 10 foizi degani.

Taqqoslaş uçun, 2024 yilda nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya tölovlariga 18,6 trln söm, ilm-fanga 2,2 trln söm, madaniyat sohasiga 2,6 trln söm, sport sohasiga 2,8 trln söm, şu törtta yönalişga jami 26,2 trln söm ajratiş reja qilingan.
Boşqaça aytganda, subsidiyalarga ajratilayotgan mablağ (28,4 trln söm) nafaqalar, moddiy yordamlar, ijtimoiy kompensatsiya tölovlari, ilm-fan, madaniyat va sportga ajratilayotgan jami mablağlardan (26,2 trln söm) köproqni taşkil qiladi.
Joriy yilda biznes uçun energetika tariflari tannarxga yaqinlaştirilgani hisobiga 2024 yilda energetika subsidiyalari kamayişi kutilmoqda.
Xususan, tabiiy gazni sotib oliş va sotiş narxlaridagi tafovutni qoplaş uçun subsidiyalar 2 barobarga kamayadi va kelgusi yilda bu maqsadlar uçun 9,5 trln söm yönaltiriladi. Bu yönalişdagi xarajatni 2025 yilda 6 trln sömgaça, 2026 yilda 5 trln sömgaça kamaytiriş közda tutilgan.
Elektr energiyasi narxlaridagi tafovut uçun subsidiyalar 2024, 2025 va 2026 yillarda bir xil – 2,5 trln sömni taşkil etişi prognoz qilingan.
Özbekistonda sezilarli köp energiya işlatuvçi xonadonlarni subsidiyalaş qisqaradi















