Bayden: 24 soat ichida 74 AQSh fuqarosi G‘azo sektorini tark etdi
Oq uyga ko‘ra, bir kun avval G‘azo sektorini faqat besh nafar amerikalik tark eta olgan. Misr rasmiylarining xabar berishicha, 1 noyabr kuni jami 360 dan ortiq xorijlik Misr bilan chegarani kesib o‘tgan.
2 noyabr, payshanba kuni G‘azo sektoridan evakuatsiya qilingan xorijliklar orasida 74 nafar AQSh fuqarosi inqirozli hududni tark etishga muvaffaq bo‘ldi. «Yaxshi xabar, biz bugun ikki fuqaroligi bo‘lgan 74 amerikalikni qutqardik», dedi prezident Jo Bayden Oq uyda jurnalistlarga.
O‘z navbatida, Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi bir kun avval besh amerikalik G‘azo sektorini tark etishga muvaffaq bo‘lganini aytdi. Evakuatsiya qilinganlar soni real vaqtda o‘zgarib boradi, deya qo‘shimcha qildi u.
Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat punkti orqali evakuatsiya
1 noyabr kuni Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida urush boshlanganidan beri ilk bor G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegarada Rafah nazorat-o‘tkazish punkti evakuatsiya qilinayotganlar va yaradorlarning chiqishi uchun ochildi.
Misr rasmiylariga ko‘ra, o‘sha kuni G‘azo sektorini 361 nafar xorijlik va 46 nafar yarador tark etgan. 2 noyabr kuni yana 400 nafar xorijlik va 60 nafar yarador Rafah nazorat-o‘tkazish punktini tark etishi kutilgandi.
Ayni paytda, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 3 noyabr kuni Isroilga yangi tashrifi chog‘ida G‘azo sektoridagi tinch aholini himoya qilish bo‘yicha aniq qadamlar izlash niyatida ekanini aytdi. U, shuningdek, AQSh Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushning keyingi «eskalatsiyasi» oldini olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga va’da berdi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8,7 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024