Muloqot chog‘ida O‘zbekistondagi islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyati, yoshlarning zamonaviy talablar darajasida ta’lim olishi uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, ushbu yo‘nalishda yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik ko‘lami haqida so‘zlab berildi.

Hindistonning Amiti va Sharda universitetlari, "Sambram" AT-instituti va "Acharya" institutlar guruhi kampuslari mamlakatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani bilan bir qatorda, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan hindistonlik yoshlarning safi kengayayotganiga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv ishtirokchilarida o‘zbek xalqining boy tarixi, betakror madaniy-ma’naviy merosi, turmush tarzi va urf-odatlari haqidagi ma’lumotlar katta taassurot qoldirdi.