Ukraina Rossiya agressiyasiga qarşi kuraşda xalqaro yordam zaiflaşganini sezmayapti, dedi Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba 2 noyabr, payşanba kuni. Germaniyaning ZDF ijtimoiy-huquqiy kanalidagi körsatuvda teleboşlovçi Maybrit Ilner bilan suhbatda u Yaqin Şarqdagi uruşga qaramay, «hamkorlarning qöllab-quvvatlaşi heç qanday tarzda kamayib borayotganini» körmayotganini aytdi.
Aksinça, Kiyev, Kulebaning sözlariga köra, «barça darajalarda Ukrainani qöllab-quvvatlaş davom etişiga kafolat olgan». Hamkorlarda buning uçun imkoniyatlar ham mavjud, dedi vazir. Ukraina Yaqin Şarqdagi vaziyat yanada keskinlaşmasligiga umid qilmoqda, garçi «vaziyat özgarişi mumkinligini» tan oladi, dedi u.
«Bu uruş qança uzoq davom etsa, şunçalik köp resurslar kerak böladi», deya qöşimça qildi Kuleba Yaqin Şarq haqida gapirar ekan. Biroq, uning fikriga köra, «asosiy poytaxtlarda nima xavf ostida ekani - Ukraina böyiça ham, Yaqin Şarq böyiça ham juda aniq tuşunça mavjud». Gap faqat dunyoning uşbu mintaqalarida xavfsizlik haqida ketayotgani yöq, deya ta’kidladi Ukraina TIV rahbari.
Kuleba - Taurus raketalarini yetkazib beriş haqida
Ukrainaga Taurus qanotli raketalarini yetkazib beriş böyiça muhokama böyiça, Kuleba Germaniyaning bu boradagi qarorni qabul qilişi uçun vaqt kerak bölişiga oid pozitsiyasini tuşunişini bildirdi. Uning sözlariga köra, Kiyev buni hurmat qiladi.
Şu bilan birga, vazir uşbu qanotli raketalarning masofasi haqidagi bahsni ma’nosiz deb atadi. Ukraina Rossiya hududiga yetib boriş uçun boşqa qurol tizimlarini çegaraga köçirişi mumkin. «Demak, gap bu haqda emas. Butun munozara işonç masalasiga aloqador», - dedi Kuleba Ukraina hukumati Rossiya hududida Taurus raketalarini işlatmaslikka va’da berganini ta’kidlab. «Biz bergan va’damizda turamiz», dedi u.

















